Chiqindi uyumi bartaraf etildi

Date:

Qizim shirinligini yedi-yu, chiqindisini mashina oynasidan tashlamoqchi bo‘ldi. Darrov uni to‘xtatib, bu ishi yaxshi emasligini aytganimda, endigina ikkinchi sinfga o‘tgan o‘g‘lim ham nasihatni davom ettirgan bo‘ldi. Shu tariqa, yana bitta bola chiqindini duch kelgan yerga tashlamaslikni bilib oldi. Qaniydi, hamma ana shunday tushunsa, kattalar ham bu borada e’tiborliroq bo‘lib, besh yoshli bola kabi ish tutishmasa…
Aks holda Termiz shahrining “Bog‘zor’” mahallasida noqonuniy chiqindi uyumi yuzaga kelmagan, aholi murojaatiga sabab bo‘lmagan bo‘lardi. yaxshiyamki, sanitar tozalash korxonasi “Bio texno-eko “MChJ xodimlari tomonidan chiqindi uyumi o‘z vaqtida tozalab olindi. Shundan keyin belgilanmagan joyga maishiy chiqindilarni tashlashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Termiz shahar Ekologiya bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor reyd tadbirlari muntazam yo‘lga qo‘yildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun