Surxondaryoda yangi universitet tashkil etildi

Date:

Surxondaryoda ikki institut asosida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etilishi haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, universitetda muhandislik, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda hududning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanadi. 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab, Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi va yirik ishlab chiqarish korxonalari Universitetning Ilg‘or muhandislik maktabiga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.
Shuningdek, Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi. Ha aytgancha, Universitet Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun