Hunardan rizqing unar

Date:

Ba’zilar qilayotgan ishini aytishdan or qiladi. Aslida mehnat qilmaslikdan, oilaga naf keltirmaslikdan uyalish, or qilish kerak emasmi? Asosiysi, bizning harakatimiz bilan ro‘zg‘or but, farzandlarimizning qorni to‘qligi eng yaxshi xotirjamlik beradi ko‘ngilga. Albatta, qilayotgan ishimiz qora mehnat bo‘ladimi, ijodmi yo san’at, nima bo‘lishidan qat’i nazar undan zavq ola bilishimiz lozim. Asosiysi, ishimiz bilan o‘zimiz, oilamiz bilab birga o‘zgalarga, atrofdagilarga ham foydamiz tegayotgan bo‘lsa, xizmatimizga ehtiyoj sezishayotgan bo‘lsa, bundan ortiq baxt bormi dunyoda.
Angor tumanining Gilambob mahallasida yashovchi Xolmatovlar oilasi bir necha yillardan buyon savat to‘qish bilan shug‘ullanishadi. Oddiygina qizil tol novdasidan san’at darajasida savat to‘qish kishidan mehnat va sabrni talab qiladi. Dastlab, saralab olingan tol daraxtining novdalari doshqozonda qaynatiladi. Ma’lum vaqtdan keyin doshqozondan novdalar olinib quritiladi. Undan so‘ng, har bir novdaga ishlov beriladi. Qarabsizki, ayn bosqichlardan keyin xarid qilib, foydalanishimiz uchun tayyor holga keladigan savatlar to‘qiladi.
— Hozirgi kunda savatning 20 tadan ortiq turini tayyorlaymiz. Bir dona savat hajmiga qarab 1-2 soat vaqt orqalig‘ida tayyor bo‘ladi. Asosan Toshkent, Farg‘ona, Andijon hamda Namangan viloyatlaridagi xarodorlarimizga yetkazib beramiz. Daromadimiz ancha yaxshi. Faoliyatimizni kengaytirishni va yangi ish o‘rinlari yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz,-deydi hunarmand Asliddin Xolmatov.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarda sun’iy intellekt va startap xonalari tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishidagi islohotlar...

Jasorat unutilmaydi

Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovning hayotini...

Muammoli kreditlar nazoratda

Surxondaryo viloyatida muammoli kreditlarni undirish va moliyaviy intizomni mustahkamlashga...

“Boysun bahori”da milliy o‘yinlar jo‘sh urmoqda

Bugun Boysun bahori xalqaro folklor festivalining ikkinchi kuni bo‘lib,...
KunTun
KunTun