Chiqindidan poyabzal

Date:

Xonadonimizni tartibga keltira turib, foydalanib bo‘lgan mahsulotlarimizdan chiqqan buyum, quti va shunga o‘xshash narsalarni chiqindi chelagiga uloqtiramiz. Nima ham qilardik, axir bizga bunday narsalarning keragi yo‘q. ammo bilmaymizki, bu buyumlar o‘z vazifasini bajarib bo‘lgach, qayta ishlanadi-da, ikkinchi vazifasini o‘tay boshlaydi. Bu safar chelak, usti-boshimizdagi qaysidir kiyimning tarkibidagi sintetik tola yoki shunga o‘xshash nimadir bo‘lib. Sho‘rchi tumanining “Bobotog‘” mahallasida joylashgan “Azizbek Sho‘rchi” xususiy korxonasida ham oddiy chiqindilar yordamida poyabzal ishlab chiqarilayotganiga nima deysiz.
Bozordan xarid qilayotganingiz ushbu korxonada ishlab chiqarilgan oyoq kiyimlar ayni biz tashlagan chiqindidan ishlab chiqarilgan. Ushbu oyoq kiyimlar sifatli va bejirim ekani bilan zumda o‘z xaridorlarini topib ketmoqda.
Oilaviy korxonada 4 nafar xodim mehnat qilib kelmoqda. Xitoy texnologiyasi asosida bir kunda 200 dona poyabzal ishlab chiqarilayotganini hisobga olsangiz, daromadni xomcho‘tlayvering. Ha aytgancha, ayrim mahsulotlarni oddiy chiqindilar yordamida tayyorlaydigan korxonada ba’zi xomashyolar Xitoydan, Erondan olib kelinayotir.
Ayni paytda korxonada ishlab chiqarilayotgan oyoq kiyimlar mahalliy bozorda sotilmoqda. Tadbirkor kelgusida oyoq kiyimlar hajmini yanada oshirib, yangi ish o‘rinlari yaratishni mo‘ljallamoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun