Ishsizlikdan holi hudud

Date:

Yurtimizda amalga oshirilayotgan har bir islohot zamiriga xalq manfaati yotadi. Shu jumladan, odamlar kayfiyatini ko‘tarish, ularni bunyodkorlikka, yaratuvchanlikka boshlash, bandligini ta’minlash, kerakli tavsiya va yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatish ishlari jadal sur’atlarda davom ettirilmoqda. Gap odamlarni, xususan, yoshlar bandligini ta’minlash haqida ketar ekan, Uychi tumani tajribasi asosida Sho‘rchi tumanida ham har bir mahallada samarali ishlar amalga oshirilayotganidan xabardormiz.
Tumanni, mahallalarni ishsizlikdan holi hududga aylantirish maqsadida “mahalla yettiligi” bir yoqadan bosh chiqarib, aholini, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga harakat qilishayotir. “Yangi ariq”lik Muhlisa O‘rolovaning tikuvchilikka mehri bo‘lakcha ekani hisobga olinib, bandligi ta’minlangan bo‘lsa, hozirda u tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda. Xuddi shunday Saodat Soatova ham qiziqishlariga monand yo‘naltirildi. Ayni paytda fuqaro tomorqasidagi issiqxonadan unumli foydalanayotir. G‘ayrat Turdiyev o‘zi rahbarlik qilayotgan “Amir Chorievich” oilaviy korxonasiga 5 nafar mahalladoshini ishga qabul qilgani esa 5 nafar fuqaroning bu orqali besh oilaning ro‘zg‘origa baraka inganidan dalolat.
Bir so‘z bilan aytganda, mahallani ishsizlikdan holi hududga aylantirish maqsadida 35 nafar yoshning bandligini ta’minlash uchun 30 sotixdan yer maydoni ajratib berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun