MUROSASIZ KURASHLARDA…

Date:

Mardlar ichra sinashta bo‘lib, kuragi yer tegmasdan g‘oliblikka da’vogar bo‘lish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Kurashning vatanidan kelgan alplardangina ana shunday mardlikni kutasiz xolos. Iordaniyada bo‘lib oʻtayotgan sport kurashlarida ham xuddi shunday bo‘ldi.
Aytish kerakki, murosasiz kechayotgan kurashlarda o‘z yurtining nomi chiqqan polvonlari maydonga tushdi. Davrani keng olib, olishdilar. U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati musobaqasining erkin kurash bo‘yicha 125 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Jarqo‘rg‘on o‘g‘loni Namoz Abdurashidov ham bo‘sh kelmadi. Barch raqiblarining kuragini yerga tekkazdi. Finalga kelganda biroz omad yetishmagan vohadoshimiz 2-o‘rin bilan kifoyalandi.
Albatta, polvonning polvon bo‘lib shakllanishida ustozning, murabbiyning xizmati nihoyatda katta. Namoz Abdurashidov ham bu haqiqatni rad etmaydi, balki murabbiyi, sport kurashlari Assotsiatsiyasi Surxondaryo viloyati bo‘limi bosh kotibi TOPSTIM direktori Nizomiddin Umbarqulovning mehnatlari, sa’y-harakatlari sababi shu darajaga yetganini faxr ila so‘zlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun