Sayyor xizmat – tayyor xizmat

Date:

Huquqiy maslahat zarar qilaydi, hattoki zaruratga aylanishi ham bor gap. Ana shunday paytda huquqshunos yoki advokatga murojaat qilib, ma’lum haq evaziga ularning xizmatidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Xuddi shunday N.X.ga ham huquqiy yordam kerak bo‘ldi. Shunday paytda Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan “A.Navoiy” mahallasida uyma-uy yurish orqali fuqarolarning huquqiy muammolari aniqlanib, ular tezda bartaraf qilinayotgani ko‘pla qatori N.X.ning ham joniga ora kirdi.
Xususan, “A.Navoiy” mahallasida yashovchi fuqaro N.X otasidan qolgan uy-joyini meros qilib olmaganligi, natijada uy-joyini davlat ro‘yxatidan o‘tkaza olmaganligi sababli mol-mulk solig‘i unga 3 baravar hisoblanayotganligi bir muammoning izidan ikkinchi bir muammoni keltirib chiqarganligi aniqlandi. Shunga ko‘ra, Fuqaro N.X ga otasidan qolgan uy-joyiga nisbatan meros notarial harakati amalga oshiriib, tegishli hujjatlar asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Uyma-uy yurish davom ettirilganda, ayni shu kabi muammolar tumanning “Kamar” mahallasida yashovchi fuqaro A.Eshbayev, “Xujaqishloq” mahallasida yashovchi Z.Babamuratova, “Bobotog`” mahallasida yashovchi M.Uralovlarda ham aniqlanib, ularga notarial harakatlar amalga oshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stadion zamonaviy talablarga moslashtiriladi

Sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar uchun qulay sharoit yaratish va...

TerDUda yangi loyihalar amalga oshiriladi

Ta’lim, sport va dam olish uchun zamonaviy infratuzilma yaratish...

Ekstremizm: huquqiy mexanizmlar kuchaytirilmoqda

Jamiyat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilishda ekstremizmning...

Obod mahalla, baxtli bolalik

Bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish —...
KunTun
KunTun