Tungi tarif joriy qilinadi…

Date:

Bugun ko‘chalarimizda elektromobillar soni ortgan. To‘g‘ri-da, elekrtomobil yoqilg‘i talab qilmasligi bilan ham qulay, ham ekologiya uchun mutlaqo zararsiz. Shunday ekan, elektromobillardan foydalanar ekanmiz, uni o‘z vaqtida quvvatlashni, sozligini nazorat ostiga olishni ham unutmasligimiz kerak. Ularni o‘z xonadonimizda quvvatlash imkoni borligi eng yaxshi qulaylik bo‘lsa, elektr energiyasi tariflariga kiritilgan o‘zgarishlar, qancha ko‘p elektr energiyasi sarf etsa, shuncha ko‘p mablag‘ sarf etishimizga olib kelishi kishini o‘ylantirishi aniq.
Endilikda elektromobilni xonadonda quvvatlashni rag‘batlantiradigan tungi tarif joriy qilinishi esa ana shunday o‘y-xayollarga barham beradi. Bu haqda Prezident raisligida energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi obyektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Mamlakatda elektromobillar soni oxirgi uch yilda 10 karra oshib, 35 mingtaga yetdi. Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Shu munosabat bilan elektr tizimini rivojlantirishda yangi zaryadlash quvvatlarini hisobga olish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Shuning uchun ham endilikda elektromobilni xonadonda quvvatlashni rag‘batlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi. Quvvatlash uskunasiga hisoblagich o‘rnatgan aholiga tungi vaqtda quvvatlaganlik uchun arzon tarif qo‘llanadi.
Shuningdek, ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar atrofida 22 kilovattgacha, xonadonda 7 kilovattgacha zaryadlash stansiyasi o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Davlat tashkilotlari, savdo markazi, mehmonxona va dam olish maskanlari avtoturargohida quvvatlash stantsiyasi o‘rnatiladi.

Oldingi sahifaO‘g‘ri
Keyingi sahifaAliment to‘lovchilar uchun…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sanjar shohsupada

Termiz shahrida o‘tkazilgan “Muay Thai” bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi –...

Ro‘yxatdan o‘tish majburiy

1-oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda moped va skuterlarni boshqarish faqat A...

Tartibi aniq

Hukumatning 2025-yil 10-oktyabrdagi 637-son qarori bilan imtiyozli shartlarda pensiyaga...

 “Shymkent Cup 2025”da yorqin natija

Qozog‘istonning Shimkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Shymkent Cup Taekwondo...
KunTun
KunTun