Aliment to‘lovchilar uchun…

Date:

Hayotda har qanday vaziyat bo‘lishi mumkin. Yaxshi niyat ila qurilgan oilalar taqdir taqozosi bilan ajrimga yuz tutishi, norasida go‘daklar tirik yetim qolishi mumkin. Ajrashganlik, otalarni farzandi ta’minotidan ozod qilmaydi. Ammo doimiy ish o‘rniga ega bo‘lmagan inson uchun oyma-oy aliment to‘lash oson emas. Ayni doimiy ish o‘rniga ega bo‘lmagan aliment to‘lovchi fuqarolarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish hududiy bo‘limlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyatda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etib kelinmoqda.
Maqsad aliment to‘lovchilarning bandligini ta’minlash orqali voyaga yetmagan farzandlarning moddiy ta’minotini yaxshilash hamda aliment qarzdorliklarini o‘z vaqtida bartaraf etishdir. Byuroning viloyat boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari tashabbusi bilan birgina iyun oyining dastlabki o‘n kunligida joylarda aynan ishsiz va band bo‘lmagan jami 829 nafar aliment to‘lovchi qarzdor fuqaroga munosib oylik ish haqi, qulay shart-sharoitga ega hamda mutaxassislik talab qilinmaydigan bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. Tashkil etilgan mehnat yarmarkalarida doimiy ish o‘rniga ega bo‘lmagan 100 nafardan ortiq aliment to‘lovchilar o‘zlariga ma’qul kelgan ishga joylashish istagini bildirdi va shu joyning o‘zida hujjatlar rasmiylashtirildi.
Xususan, Boysun tumanida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 89 nafar aliment to‘lovlaridan qarzdor bo‘lgan ishsiz fuqarolar taklif etilib, tumanda faoliyat yuritib kelayotgan byudjet tashkilotlari va sanoat korxonalarida mavjud 260 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlar taklif etildi. 23 nafar ishsizga yo‘llanmalar berilib, ishga joylashishiga ko‘maklashildi. Bunday tadbirlar viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun