Subsidiya va kompensatsiya ajratiladi

Date:

Yurtimizda qanchadan-qancha insonlar xorijga ishlagani ketib, yolg‘on va’dalarga ishonib, oqibatda har xil qiyinchiliklarga duch kelib, sarson-sargardonda najotsiz qolishadi. Endilikda bunday vaziyatga tushib qolmasligi uchun yurtdoshlarimizga qulay sharoitlar yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirib, bandligini ta’minlab, turmush farovonligini yaxshilash maqsadida xorijga ishlash istagi bo‘lgan fuqarolarimizga yurtimizda keng imkoniyatlar eshigi ochildi.
Xususan, fuqarolarga til o‘rganishlari uchun bepul to‘garaklar tashkil etilgan. Bundan tashqari, xorijda ishlash uchun ketayotgan fuqarolarga mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tib, til o‘rganish, ishchi vizani rasmiylashtirish, yo‘l chiptasini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya to‘lanadi. Shuningdek, mehnat migrantlariga subsidiya va kompensatsiya ham ajratilishi eng yaxshi yangilik deyish mumkin.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun