Surxondaryolik gazchilar “Zakovat”da bellashdi

Date:

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tizimida ayni paytda 1162 nafarga yaqin ishchi-xodim mehnat qiladi. Gaz ta’minoti sohasida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, bilimlarini oshirish, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Hududgazta’minot” AJ tashabbusi bilan korxona-tashkilotlar ishchi-xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari viloyatlar bo‘yicha hududiy bosqichlari o‘tkazilmoqda.
Termiz shahridagi “Yoshlar” markazida “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali va uning tuman shahar gaz ta’minoti bo‘limlarining ishchi-xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining Surxondaryo viloyat hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘yinda filial va uning tuman gaz ta’minoti bo‘limlaridan tashkil etilgan jami 8 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoada 5 nafardan ishtirokchi bo‘lib, ular mutaxassislar, gaz ta’minotida turli lavozimlarda ishlovchi xodimlar va oddiy ishchilar hisobidan shakllantirilgan. Ahamiyatli jihati shundaki, o‘yinda mantiqiy, tarixiy, boshqotirma savollar bilan birga, xodimlarning sohaga oid qonunchilikdan qanchalik xabardor ekani ham sinovdan o‘tkazildi.
Bellashuv davomida hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi. Unga ko‘ra, 1-o‘rin “Filial 2” , 2-o‘rin “ Filial 1”, 3-o‘rin “Bandixontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi jamoasiga nasib etdi. Gʻoliblarga diplom, qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Qayd etish lozimki, barcha jamoalardan saralab olingan 5 nafar ishtirokchidan tashkil topgan jamoa “Zakovat”ning respublika bosqichida ishtirok etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun