G‘oliblar taqdirlandi

Date:

Termiz tumanida 16-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni sportga jalb qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi musobaqalarining Termiz tumani bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu taqdirlash marosimi tuman markazidagi “Marvarid” dam olish maskanida o‘tkazildi. Tadbir tuman hokimi boshchiligida sektor rahbarlari, Davlat xavfsizlik xizmati, tuman bo‘limi boshlig‘i hamda keng jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirok etishdi. Shuningdek, konsert dasturida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Mahmud Namozov hamda tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlari o‘zlarining chiqishlari, kuy-qo‘shiqlari bilan yoshlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Katta bayram tadbirida Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi uchun o‘tkazilgan futbol, mini futbol bo‘yicha o‘g‘il va qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda tuman g‘olibligini qo‘lga kiritgan yoshlarga qimmatbaho sovg‘alar va medallar tantanali ravishda topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun