Tozalik posbonlari rag‘batlantirildi

Date:

Shahrimizning, chor atrofimizning tozaligi bahri dilimizni ochadi, kayfiyatimiz ko‘tariladi. Olamga, hayotga o‘zgacha nigoh bilan qaray boshlaymiz. Holbuki, buning aksi bo‘lgan manzaradan ko‘ra obodlik yaxshi-da. Ammo, ana shunday paytda tozalik ishlarida bosh-qosh, erta tongdan tinim bilmay ishlayotgan soha mehnatkashlari hech ham xayolimizga kelmaydi. Ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalar, supur-sidir, ekin ekiladigan maydonlarni sug‘orish, gul ekish-u, ekinlarning gullab-yashnashi uchun qilingan sa’y-harakatlar, albatta tahsinga sazovor.
Qishning izg‘irini, yozning jaziramasida ham ularning ishi davom etadi. Ana shunday paytda manzilga yetish, xizmatni o‘z vaqtida udda qilish qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Shunday paytda ham ish to‘xtamaydi. Ammo ularni munosib rag‘batlantirish, uzoqlarini yaqin qilish va minnatdorlik sifatida “Butun jahon atrof muhitni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida hududlar bo‘ylab tozalik posbonlariga 100 dona velosiped tarqatildi.
Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarid qilingan velosipedlar Surxondaryo viloyatiga ham yetkazib berildi. Mazkur velosipedlar hududlarda sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash, shuningdek, obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi ishchilari va ekofaollar hamda jamoatchilik ekologiya nazoratchilariga topshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...

Ta’lim maskani yangilandi

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Qumqo‘rg‘on tumanida yoshlar kelajagiga...

1200 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida aholi farovonligi va...

Bunyodkorlik ishlari yangi bosqichda

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Angor tumanida yosh avlod uchun...
KunTun
KunTun