Kitobxonlikka chorlab…

Date:

Kitobxon yosh zukko, ziyrak va ma’rifatli, tavoze’ va hozirjavob bo‘ladi. Bunga Surxondaryoda bo‘lib o‘tgan “Zukko kitobxon” tanlovining hududiy bosqichida ishtirokchilarning chiqishlarini ko‘rib, kuzatib turib amin bo‘lish mumkin bo‘ldi.
Albatta, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda ularni rag‘batlantirish borish maqsadida “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovini muntazam o‘tkazib borish an’ana tusini olgani yoshlarni bee’tibor qoldirmayapti. Viloyat Yoshlar markazi binosida joriy yilning dastlabki “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichida telegram bot orqali saralash bosqichlarida ishtirok etgan viloyatning 15 tuman (shahar) dan kelgan 65 nafar kitobxon yosh ishtirok etdi.
Barcha yoshlardan faollik talab etilayotgan tanlovda kitob o‘qish bilan o‘qishning farqi ham yaqqol sezilmoqda. Shuningdek, taassurotlarning qaynoq his-tuyg‘ular ila ifoda etilishi, asar haqidagi savol-javob, fikr-munozaralar tomoshabinlarni ham o‘sha asarlarni o‘qishga qiziqtirib qo‘yayotgani aniq. Bu esa tanlovdan ko‘zlangan maqsadga erishilayotganini ko‘rsatadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun