Finalda g‘alaba bilan

Date:

Eron davlati poytaxti Tehron shahrida Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida XIII Osiyo chempionati o‘tkazilayotir. Aytish kerakki, kurash qizg‘in tus olgan. Dunyoning eng kuchli, chapdast polvonlari jam bo‘lgan Texronda o‘ziga ishonchi balandlar maydonga tushib, ustunlikka erishayotir. Albatta, kurashda faqat g‘olib va mag‘lub bo‘ladi. Bir g‘alaba quchsa, mag‘lub tomon kerakli xulosani chiqaradi.
Faxr ila ayta olamizki, ushbu nufuzli Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan sportchilar orasida jarqo‘rg‘onlik polvonlar ham bor. Ayollar terma jamoasida 63 kilogramm vazn toifasida Komila Qahhorova, 87 kilogramm vazn toifasida esa Yulduz Muhammadiyevalar kurashga tushsa, erkaklar terma jamoasida Shermuhammad Jandriyevdan jamoaning va o‘zbek xalqi katta umid bog‘lagan.
Chempionat joriy yilning 11-iyun kuniga qadar davom etadi. Finalda esa sportchilarimizdan mutlaq g‘alabalarni kutib qolamiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun