Rejani ortig‘i bilan bajarib…

Date:

Surxondaryoda pilla mavsumi boshlanganidan xabarimiz bor. Quti-quti ipak qurti olgan pillakorlarimiz shijoat bilan, kuch-g‘ayrat bilan uni boqishga, mo‘l hosil olishga kirishgan. Har bir hududning tajribali, yoshlarga o‘z ishini o‘rgatib, kerakli yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatib borguvchi momolari, otinoyilari, chechalari bo‘ladi.
Muzrabot tumani hokimi Abdurashid Ismailov “Tong yulduzi” mahallasidagi ana shunday ilg‘or pillakor Dilrabo Boymurodova xonadonida bo‘ldi. Soha mehnatkashi yetishtayotgan pilla hosili bilan tanishib, birinchilardan bo‘lib pilla rejasini bajarganligi bilan tabrikladi va sovg‘alar ulashdi.
Pillakor D.Boymurodova ikki quti pilla boqib, 120 kilogramlik rejani 150 kilogramga ortig‘i bilan davlat rejasini bajardi.
Joriy yilda Muzrabot tumanida 2750 quti ipak qurti parvarishlanib, 165 tonna hosil olinishi ko‘zda tutilgan. Bu yil ham muzrabotlik pillakorlarimiz respublikamizda birinchi bo‘lib belgilangan rejani ortig‘i bilan bajarishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun