“Milliy tiklanish”ga yoshlar katta qiziqish bildirmoqda

Date:

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi tomonidan Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda yoshlarning siyosatdagi o‘rni hamda bugungi siyosiy jarayonlar xususida so‘z bordi.
Aytish kerakki, mamlakatning istiqboldagi taraqqiyotini ta’minlovchi asosiy kuch yoshlar ekan, ularning siyosiy qarashlarni o‘rganish, siyosatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish dolzarb masala hisoblanadi. O‘zbekistonda 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan yondashadigan bo‘lsak, aholining ko‘pchilik qismini tashkil etayotgan yoshlarni siyosiy bilimi, dunyoqarashini kengaytirish ham katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo mamlakatlari bugungi kunda asosiy e’tiborni ana shu yosh avlodga qaratmoqda. Yoshlar siyosiy qiyofasining shakllanganlik darajasi esa o‘z navbatida mamlakat rivojini ta’minlashga xizmat qiladi.


Universitet bilan partiyaning viloyat kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolangan bo‘lib, shunga muvofiq partiya vakillari, deputatlar, senat a’zolari ishtirokida uchrashuvlar, turli tadbirlar o‘tkazilib kelinyapti. Natijada, ta’lim dargohining aksariyat yoshlari siyosiy savodxonligini oshirish maqsadida siyosiy partiyaga a’zo bo‘lib, turli yo‘nalishlarda takliflarini bildirib, tashabbuslarini ilgari surishyapti.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi tomonidan universitetda o‘tkazilgan talabalar navbatdagi uchrashuvda ham partiyaning dasturi, maqsad va vazifalari, yoshlar ishtirokidagi loyihalari hamda tashabbuslari xususida yigit – qizlarga batafsil tushunchalar berildi.
Yakunda, partiyaga xayrixohlik bildirgan 100 nafarga yaqin talabalarga a’zolik guvohnomalari topshirildi. Partiyaning viloyat Kengashi tomonidan yoshlar ishtirokida bunday tadbirlarni muntazam tashkil etish, siyosatga qiziqqan yigit-qizlarni partiya safiga jalb etish, eng muhimi, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi bojxona tartibi joriy etildi

Yangi qarorga muvofiq, endi xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari...

Yetakchilarimiz ildam

Bo‘stonliqdagi Yoshlar oromgohida yoshlar yetakchilarining faolligini oshirish va ilg‘or...

“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!”

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik g‘oyalarini keng...

Eron delegatsiyasi xalqaro savdo markazida

Surxondaryoga tashrif buyurgan Eron Islom Respublikasi Fors viloyati hokimi...
KunTun
KunTun