Shahar bedarvoza emas

Date:

Yer davlatniki, uni istaganimizga, o‘zboshimchalik bilan egallab olishga, qurilish qilish yoki shaxsiy manfaatdorlikni ko‘zlab foydalanishga haqimiz yo‘q. Shahar bedarvoza emas, shunday ekan, foydalanmoqchi bo‘lgan bir qarich yerimizni ham qonuniy talablar asosida ruxsat olishimiz yoki tendet tanlovlarida xarid qilish orqali egalik qilishimiz mumkin.
Kadastr agentligi tizimida yer nazorati va ma’muriy amaliyot borasidagi monitoring ishlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. Xususan, Kadastr agentligi Sherobod tuman bo‘limi ispektorlari tomonidan “Chorbog‘”, “Uchyog‘och” hamda “Qorabog‘” MFY hududlarida dron yordamida olib borilgan nazorat tadbirlarida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurish holatlari aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan yer qonunbuzilishni sodir etib, qurilish ishlari amalga oshirgan shaxslarga qonunbuzarlikning huquqiy oqibatlari tushuntirilib, tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xatlari berildi.
Unutmang, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun