Erishilgani o‘zimizniki, ammo…

Date:

Agrar sohada Surxondaryo ahli katta tajribaga ega hudud hisoblanadi. Albatta, bu o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q. Uzoq yillik mehnat, orttirilgan tajriba o‘z ishini ko‘rsatgan bo‘lsa, sohada muvaffaqiyatga erishish uchun ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar ham besamar ketmaganini ko‘rsatadi. Erishganlarimiz, muvaffaqiyatlarimiz o‘zimizniki, ammo bu bilan kifoyalanib ham bo‘lmaydi. Aks holda bir joyda to‘xtab qolish hech gap emas. Xolbuki, o‘rganish, yechimini topish kerak bo‘lgan jihatlarni-da unutmaslik kerak.
Ayni maqsadda agrar sohada amalga oshirilayotgan ishlar, joriy etilayotgan ilm-fan yutuqlari hamda sohadagi mavjud muammolarni o‘rganish niiyatida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tekshirish institutida olimlarning ingichka tolali paxta yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi va uni oshirish yo‘llari to‘g‘risidagi fikrlari tinglandi. Shuningdek, Veterinariya va chorvachilik tarmog‘i mas’ullari bilan sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.
Tumanga tashrif yakunida “Agropilla” MChJning Yangiariq filialida ipak qurti boqish tadbirlarining borishi bilan tanishildi. Pillakorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Angorda istiqlol taronalari yangradi

Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ ne’mati, tinchlik va farovon...

“Bukhara Open”dan 10 medal

Buxoro shahrida taekvondo WT bo‘yicha “Bukhara Open” VII xalqaro...

Harbiylar shaxmat taxtasida kuch sinashdi

Mustaqillik — xalqimizning tinch va osoyishta hayoti, yurtimiz sarhadlarining...

Qumqo‘rg‘onlik qizlar gandbolda g‘olib

Termiz shahridagi “Surxon arena” sport majmuasida yoshlar o‘rtasida “Besh...
KunTun
KunTun