Darbandda oʻquv mashgʻulotlari…

Date:

Nazariy bilimlar tanlagan sohamizni yaxshi o‘rganishga asos bo‘lsa, o‘qiy-o‘qiy natijaga erishib bo‘lmaydi. O‘qiganlarimizni, bilimlarimizni amaliyot bilan bog‘lasak, u yanada mustahkamlanadi. Misol uchun, o‘simliklarni o‘rganamiz-u uning foydali xususiyatlarini yod olganimiz bilan tabiatda uchratmasak, undan foydalanmasak, kezi kelganda ikkilanib, sarosimaga tushib qolishimiz aniq. Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya taʼlim yoʻnalishida tahsil oluvchi talaba-yoshlarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan yanada mustahkamlash maqsadida botanika kafedrasi professor-oʻqituvchilari rahbarligida Boysun tumanidagi “Darband oʻquv amaliyot markazi”da oʻquv mashgʻulotini olib borishdi.
Talabalar “Oʻsimliklar qoplamiga geobotanik tavsif berish”, “Dorivor oʻsimliklarni tur-xillarini aniqlash”, “Togʻ, adir, yaylov oʻsimliklari, ularning morfologiyasi, tarqalishi va ekologiyasi” mavzularidan ma’ruzalar tinglashdi. Shu bilan bir qatorda yangicha yondashuv asosida dorivor va kamyob oʻsimliklarni oʻrganishdi. Nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun