“Boysun bahori” jahon OAV nigohida

Date:

Yaqin kunlarda intiqlik bilan kutilayotgan “Boysun bahori” xalqaro festivali boshlanadi. Festival dasturiga kiritlgan tadbirlar, ko‘rgazma va sayohatlar esa barchani munosib xordiq chiqarishga, ochiq osmon ostidagi muzey sanalmish Boysunning bor jozibasini kashf etishga xizmat qilishi aniq. Festival bo‘ladigan manzillarda ham yuqori saviyada hozirlik ko‘rilgan bo‘lib, Boysun mehmonlarni kutib olishga shay holatda turibdi.
Ushbu nufuzli festivalda ishtirok etadigan mahalliy va xorijlik mehmonlar ham katta hayajon ila belgilangan sanani kutishayotir. Albatta, bu o‘zbek qadriyatlariga, madaniyatiga dunyo ahlining e’tibori deyish mumkin. Buni Janubiy Koreyada chop etiladigan “UN Journal” jurnali saytida joriy yilning 1-7-may kunlari Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tadigan “Boysun bahori” festivaliga bag‘ishlangan maqola e’lon qilinganidanoq payqash mumkin.
Ushbu maqolada “Festivalning aynan Boysunda o‘tkazishning ham o‘ziga xos chuqur ma’nosi bor. Asrlar davomida ajdodlarining ma’naviy-madaniy merosini asrab-avaylashga muvaffaq bo‘lgan ushbu go‘zal go‘sha YUNESKO tomonidan Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan”ligi ta’kidlangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Issiqxona va chorvachilik — mahallada daromadni oshirish imkoniyati

Muzrabot tumanidagi Yurtim jamoli mahallasida fuqaro Zoir Hayitaliyev issiqxona...

O‘zbekiston kubogidagi yorqin natija

An’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi...

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...
KunTun
KunTun