Sport vaziri Surxondaryoda

Date:

Sport sohasida yoshlarimizdan ulkan muvaffaqiyatlar kutamiz. Xo‘sh, kutilganidek natijaga erishish uchun yoshlar sport bilan munosib shug‘ullanmoqdami, ularga yetarlicha shart-sharoit va qulayliklar yaratilganmi? Ayni jihatlarni ham hisobga olsak, nur ustiga nur bo‘lardi.
Hududlardagi haqiqiy holat bilan tanishish maqsadida Sport vaziri Adham Ikromovning shaxsan o‘zi xizmat safari bilan Surxоndaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Xizmat safari davomida vazir Angor tumani hokimi Qosim Mardonov bilan birgalikda tumandagi sport maktabida bo‘ldi. U yerda sportchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, sport maktabi mutasaddilari va sportchilar bilan muloqot o‘tkazildi. Muloqot davomida vazir yoshlar bilan dildan suhbatlashdi. Qiziqishlari, ularga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘radi. Ularga katta umid bog‘langanini aytib, bor kuch va mahoratlarini ishga slogan holda O‘zbekiston bayrog‘ini balandlarga ko‘tarishlari lozimligi haqida to‘xtaldi.
Samimiy ruhda kechgan uchrashuv yosh sportchilarga motivatsiya berib, yuqori natijalarni qayd etishsa, ajab emas.

Shahin Lodonov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Zamonaviy va qulay…

Yosh avlodga zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratish mamlakat ijtimoiy siyosatining...

Cho‘ng‘ara va Tosh-Tobo Qirg‘iziston tarkibiga o‘tkazildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida davlat chegarasini demarkatsiya qilish jarayoni...

Toqchida tibbiy punkt ish boshladi

Aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bugungi...

Hudud yanada ko‘rkam

Jarqo‘rg‘on tumanida temir yo‘l atrofidagi hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish...
KunTun
KunTun