Ishonchni oqladi…

Date:

Yoshlarning orzu va umidlarini ro‘yobga chiqarish, vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilarining xizmati katta. Ayni ularning tashabbusi bilan bugun mahallalarda ishsiz, bekorchi yoshni uchratmaysiz. Jinoyatchilik, huquqbuzarlik holatlari qulog‘ingizga chalinmaydi. To‘g‘ri-da, yoshlar bilan hisoblashadigan, ularning taqdiri bilan qiziqadiganlar bor ekan, ular ham o‘z kelajagiga befarq bo‘lishmaydi.
Yurtimizda har qanday tashabbus, faollik esa rag‘batsiz, e’tibor va e’tirofsiz qolmaydi. Bu yo‘lda “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovi eng yaxshi qo‘llab-quvvatlov vazifasini o‘tayapti. Yaqindagina tanlovning viloyat bosqichida faollar aniqlanib, g‘olib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining respublika bosqichi ham munosiblarni saraladi. Quvonarlisi, Termiz shahar “Bog‘zor” mahallasi yoshlar yetakchisi Laylo Mingto‘rayeva 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, bildirilgan ishonchni oqladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun