TerDUda yangi yil shukuhi…

Date:

“Yangi yil — orzu-umidlar va ulkan niyatlar bayrami” bosh gʻoyasi asosida Termiz davlat universitetida “Yangi yil” bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda talabalarga kuy-qoʻshiqlar, turli sovrinli viktorinalar orqali aʼlo kayfiyat ulashildi.
Eslatib o‘tish joizki, universitet jamoasining sayʼ-harakati bilan joriy yildagi “Ochiq budjet” portali orqali yutib olingan, ichki sayohatlarga moʻljallangan 31 kishilik SAZ HD 50 avtobusining aynan bayram arafasida universitetga keltirilishi koʻp sonli olimlar jamoasi va talabalarimiz uchun haqiqiy bayramona tuhfa boʻldi.
Ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan tadbirda talaba-yoshlar bezatilgan archa atrofida xursandchilik qilishdi, faollik ko‘rsatishdi, bir so‘z bilan aytganda, bayramni munosib nishonlashdi. Ajoyib kuy-qo‘shiqlar barchani raqsga chorladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun