YANGI YIL – TALABA-YOSHLAR NIGOHIDA

Date:

Yangi yilni barcha o‘zicha tasavvur qiladi. Bu lahzalarda boladek ertak va afsonalarga ishonishni istaysiz. Shimoliy qutbdan Qorboboning kelishini, sovg‘alar bilan qalbimizni quvonchga to‘ldirishiga ishonamiz. Ha, yangi yil qalblarimizdagi orzu va umidlarni ro‘yobga chiqaradi.
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari o‘rtasida “Yangi yil — orzu-umidlar va ulkan niyatlar bayrami” shiori ostida “Yangi yil talabalar nigohida-2024” nomli ijodiy tanlov o‘tkazildi. Ushbu tanlovda yoshlarning tasavvurlari, xayolot dunyolaridagi obrazlar suratlarga ko‘chdi.
Ajib chizgilarni kuzatgan borki, ularni-da qalbini bayram shukuhi egallab oldi. Surat chizish zavqli jarayon, buni kuzatish esa unda-da maroqli kechdi. Yangi yil bayrami shukuhini tasvirlovchi devoriy gazetalarda kreativ ijodiy yondashuv bilan ishlangan ijod asarlari hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun