Muammo hal etildi

Date:

Ekin ekiladigan hududda sho‘rlanish yuzaga kelsa, unday joyga urug‘ ko‘karmaydi, balki sho‘rlanish maydoni kengayib, yerlarning meleiorativ holati buziladi. Buning ekologiyaga ham salbiy ta’siri nihoyatda katta. Muzrabot tumanidagi 32-sonli Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi hududida ayni holat kuzatilayotganligi sababli maktab direktori Xolmurod Qo‘ziyev tashvishga tushib, holatning oldini olish yo‘llarini qidirdi.
Shunday kunlarning birida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tumandagi 32-sonli Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida joriy etilgan markazlashgan isitish tizimi va ta’lim maskani hududini obodonlashtirish holati o‘rganish maqsadida tashrif buyurdi. Qulay fursatdan foydalangan maktab direktori holatni tushuntirdi.
Shundan so‘ng, qisqa fursatda tuman Melirotsiya bo‘limi tomonidan maktabdagi yopiq gorizontal dronaj tarmoqlari maxsus texnikalar yordamida tozalandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ma’naviy mas’uliyat ham muhim

Hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatli munosabatda bo‘lish insonparvar jamiyatning muhim mezonlaridan...

Oʻzaro kuch sinashdi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy salohiyatini yuksaltirish...

Oltinsoy uzumi eksport yo‘lida…

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish nafaqat hudud iqtisodiyotini rivojlantiradi,...

Bilimlar yanada mustahkamlanadi

Ta'lim sifati faqat nazariy bilim bilan emas, balki zamonaviy...
KunTun
KunTun