Zakovati sinovdan o‘tdi

Date:

“Zakovat” intellektual o‘yini yoshlar hayotida tub burilish yasab, ko‘plab iqtidor, salohiyatlarni yuzaga chiqarishga xizmat qilayotir. Bugun maktabu mahallalarda, oliygohlaru har bir sohalarda faoliyat olib borayotgan yoshu katta o‘z bilimini “Zakovat”da sinab ko‘rmoqda. “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida mahallalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining Surxondaryo viloyat bosqichi ham ana shunday yoshlarni kashf qilishga xizmat qildi.
Termiz shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan turnirda 15 ta tuman (shahar) lardan kelgan jamoalar ishtirok etdi. Avvaliga o‘yin shartlari va talablari, asosiy qoidalar tushuntirib o‘tildi. Shundan so‘ng, savollar va uning javoblari o‘qib eshittirildi. O‘yin qiziqarli, hayajonli voqealarga boy bo‘ldi. Muhimi ishtirokchi jamoalar o‘zlarining bilimlarini, salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra 3-oʻrin Angor tumani “Qadimiy Angor” jamoasiga, 2-oʻrin Termiz tumani “Uchqizil MFY” jamoasiga va 1-oʻrin esa Qumqo‘rg‘on tumani “Guliston MFY” jamoasiga nasib etdi. Ushbu jamoalar tanlovning respublika bosqichiga yo‘l olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ma’naviy mas’uliyat ham muhim

Hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatli munosabatda bo‘lish insonparvar jamiyatning muhim mezonlaridan...

Oʻzaro kuch sinashdi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy salohiyatini yuksaltirish...

Oltinsoy uzumi eksport yo‘lida…

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish nafaqat hudud iqtisodiyotini rivojlantiradi,...

Bilimlar yanada mustahkamlanadi

Ta'lim sifati faqat nazariy bilim bilan emas, balki zamonaviy...
KunTun
KunTun