Tez yordamni yolg‘ondan chaqirgan jarimaga tortiladi

Date:

Ba’zan tez yordamga yolg‘on chaqiruvlar ham afsuski sodir bo‘lib tuaradi. Bu soha xodimlarining oltinga teng vaqtini o‘g‘irlash bilan birga, boshqa bir bemorga ko‘rsatiladigan yordamning kechiktirilishiga sabab bo‘ladi. Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida yurtimizda tez tibbiy yordam xizmatini yolg‘ondan chaqirganlik uchun jarima belgilanishi taklif etildi. Unga ko‘ra, yolg‘on murojaat qilgan shaxs xizmatning bir martalik chaqiruv xarajati –178 ming so‘m miqdorida jarimaga tortiladi. Shuningdek, surunkali va doimiy tez tibbiy yordam chaqiruvlariga cheklov belgilash ham taklif etilgan.
Eslatib o‘tish joizki, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda maxsus xizmatlarni, jumladan, ichki ishlar organi, yong‘inga qarshi xizmat, tibbiy tez yordamni qasddan aldab chaqirish uchun BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha (330 ming so‘mdan 990 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan. Ammo, shunga qaramay, ularni qo‘llash tartibi bo‘yicha nizom mavjud emas. Shu sababli tez tibbiy yordamga bir necha bor yolg‘on chaqiruvlar qilayotganlarni jarimaga tortish tartibini aniqlashtirish ham taklif etilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

9 oylik faoliyat sarhisob qilindi

Surxondaryo viloyati sudida 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida odil sudlovni ta’minlash,...

Maktab sig‘imi 660 o‘ringa kengaydi

Ta’lim muassasalarida o‘quv o‘rinlarini ko‘paytirish va zamonaviy sharoitlarni yaratish...

Bola rivojida o‘yinning kuchi

Bolaning har tomonlama rivojlanishida o‘yin faoliyati muhim o‘rin tutadi....

Noyob ko‘rshapalak qayd etildi

Tabiatda kam uchraydigan va hali yetarlicha o‘rganilmagan jonivorlarni aniqlash...
KunTun
KunTun