Umid ulashildi

Date:

Jamiyatda saxovat va insonparvarlik qadriyatlarini amalda namoyon etayotgan insonlar ko‘payayotgani quvonarli holatdir. Ana shunday ezgu tashabbus Sariosiyo tumanining “Sebzor” mahallasida yashovchi Mavjuda Odinayeva xonadonida amalga oshirildi.

II guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro yashayotgan ushbu oila uzoq vaqt elektr uzilishlari sabab qiyin sharoitda kun kechirayotgan edi. Saxovatpesha insonlar ko‘magida xonadonga zamonaviy quyosh panellari o‘rnatib berildi.

Natijada oila endilikda yorug‘ va qulay sharoitda yashamoqda. Ushbu tashabbus nafaqat ro‘zg‘orga yengillik yaratdi, balki elektr energiyasi orqali qo‘shimcha daromad olish imkonini ham taqdim etdi.

Bu kabi ezgu ishlar jamiyatda mehr-oqibat va ijtimoiy birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun