Insonparvarlik yordami yuborildi

Date:


O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Eron xalqiga insonparvarlik yordami yetkazildi. Yordam tarkibiga un, guruch, shakar, makaron mahsulotlari, kungaboqar yog‘i, turli konservalar, shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlar kiritilgan.

Insonparvarlik yuklarini qabul qilish marosimida Eronning Daregaz shahri hokimi Mujtabo Bazmara, Eron Tashqi ishlar vazirligining Xuroson Razaviy viloyatidagi vakolatxonasi rahbari Ali Masumifar hamda Eronning Turkmanistondagi elchisi Ali Mujtaba Ruzbexani ishtirok etdi.

Eron rasmiylari ko‘rsatilgan yordam va e’tibor uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga minnatdorlik bildirib, ushbu tashabbus ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashning yorqin ifodasi ekanini ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...

Tizim takomillashtirilmoqda

Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan...
KunTun
KunTun