Navro‘z sayllari xalqona shodiyonaga aylandi

Date:

Sho‘rchi tumanida qadimiy va umumxalq bayrami bo‘lgan Navro‘z keng nishonlanib, turli sayllar va xalqona tadbirlar tashkil etildi. “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida o‘tgan bayram tadbirlari tuman ahli va mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbir davomida tuman hokimi Akbarali Ishmurzoyev hamda mehmonlar bayram sayli uchun tashkil etilgan qo‘rg‘onlar bilan tanishib, milliy an’analar asosida bezatilgan maskanlarda namoyish etilgan urf-odatlar va taomlar bilan yaqindan tanishdi.

Bayramning konsert dasturi tuman hokimining samimiy tabrigi bilan boshlandi. Undan so‘ng O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’atkor Ziyodaning kuy-qo‘shiqlari tomoshabinlarga alohida zavq bag‘ishladi.

Sayl davomida milliy kuy-qo‘shiqlar, laparlar va yor-yorlar yangrab, xalqning qadimiy an’analari yana bir bor namoyon bo‘ldi. Arqon tortish, dorbozlik tomoshalari, milliy o‘yinlar hamda kurash bellashuvlari esa bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishlab, tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Navro‘z sayllari tumanda birlik, do‘stlik va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlab, barchaga unutilmas bayram kayfiyatini ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Universitetda 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va...

Mukofoti 3 ming dollar bo‘ldi

Toshkent shahridagi Central Asian University (CAU)da “Kelajak tibbiyoti –...

Yangi istirohat bog‘i foydalanishga topshirildi

Qiziriq tumanining Yangi hayot mahallasida aholi, xususan, yoshlar va...

Xorijga ishga yuborish xususiy agentliklar zimmasiga o‘tadi

O‘zbekistonda fuqarolarni xorijga ishga yuborish vazifasi kelasi yildan to‘liq...
KunTun
KunTun