Bolalar himoyamizda

Date:

O‘zbekistonda zo‘ravonlikdan jabrlangan hamda zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning aniq tartibi joriy etildi.

Yangi tartibga ko‘ra, ijtimoiy xizmatlar bolalar va ularning oilalari uchun ishlab chiqiladigan himoya rejasiga muvofiq ko‘rsatiladi. Ijtimoiy xavfli holatdagi bolalarga yordam individual integratsiya rejasiga asoslanadi. Himoyaga muhtoj bolalar uchun 6 oygacha qisqa muddatli, 1 yilgacha uzoq muddatli hamda 1 yilgacha tun-u kun ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar tashkil etiladi. Shuningdek, ushbu toifadagi fuqarolar uchun “Mehrli oila” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish istagidagi yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar Yagona milliy ijtimoiy himoya axborot tizimi reyestriga kiritilishi shart. Buning uchun so‘rovnoma topshiriladi va 10 ish kuni ichida mutaxassislar soni, ularning malakasi hamda sanitariya talablari asosida hujjatlar ko‘rib chiqiladi. Talablar bajarilgach, tashkilot yagona reyestrga kiritilib, bu haqda elektron xabarnoma yuboriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun