“Uyda ta’lim” — yangi imkoniyat

Date:

Imkoniyati cheklangan bolalarning sifatli ta’lim olish huquqini ta’minlash, ularni jamiyatga to‘laqonli integratsiya qilish yo‘lida muhim qadam qo‘yildi. Shu maqsadda maxsus “Uyda ta’lim” onlayn platformasi ishga tushirildi. Ushbu platforma sog‘lig‘i sababli maktabga qatnay olmaydigan o‘quvchilar uchun zamonaviy, qulay va samarali ta’lim muhitini yaratadi.

Platformada 1–7-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan 696 ta video dars, elektron va video darsliklar, shuningdek, badiiy hamda ilmiy adabiyotlar jamlangan. Bu esa bolalarning bilim olish jarayonini qiziqarli va tushunarli shaklda tashkil etishga xizmat qiladi.

“Uyda ta’lim” platformasining yana bir muhim jihati — onlayn mentorlik tizimi. O‘quvchilar ustozlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, dars jarayonida tug‘ilgan savollariga tezkor javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa bilimni mustahkamlash va o‘quvchida ishonchni oshirishga xizmat qiladi.

Ta’lim jarayoni o‘quvchi, oila va maktab hamkorligida tashkil etilib, real vaqt rejimida monitoring qilinadi. Bu usul har bir bolaning individual rivojlanishini kuzatish va zarur holatlarda o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish imkonini beradi.

Quvonarlisi, platforma o‘zbek, rus va ingliz tillarida faoliyat yuritib, keng qamrovli foydalanuvchilar uchun ochiqdir.

Xulosa qilib aytganda, “Uyda ta’lim” platformasi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’limda teng imkoniyatlar yaratish, ularning iqtidor va salohiyatini rivojlantirish yo‘lida dolzarb va ahamiyatli tashabbus hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun