Retseptsiz dorilar “my.gov.uz”da

Date:

Qaysi dori vositalari retseptsiz berilishini my.gov.uz orqali tekshirish mumkin. Portalda mazkur yangi xizmat ishga tushirildi. Xizmatdan foydalanish bepul. Buning uchun “Retsept asosida va retseptsiz beriladigan dori vositalari haqida ma’lumot” bo‘limiga kirish va kerakli dori nomini yozish kifoya.

Tizim qidiruv natijalariga ko‘ra, kerakli dori vositasini retsept bilan yoki retseptsiz olish mumkinligi haqida ma’lumotni chiqarib beradi. Bundan tashqari, dori shakli, ishlab chiqaruvchi, shuningdek, dorining yaroqlilik muddati va guvohnoma amal qilish muddati haqida to‘liq ma’lumot olsa bo‘ladi. Portalda tayinlangan elektron retseptlar to‘g‘risida ham ma’lumot olish mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun