Qadriyatlar qadr topgan kun

Date:

Yurtimizda qadimdan keng nishonlanib kelayotgan Navro‘z – bahor va yangilanish bayrami, mehr-oqibat va ezgulik timsoli sifatida odamlarni birlashtiradi. Shu ruhda Angor tumanida “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” shiori ostida bayram tadbiri boshlandi. Tadbir doirasida milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analar keng namoyon bo‘ldi. Xalq sayllari, madaniy-konsert dasturlari, milliy o‘yinlar va turli ko‘rgazmalar tomoshabinlarga bayram kayfiyatini ulashdi.

Tuman hokimi Qosim Mardonov yig‘ilganlarni qutlug‘ ayyom bilan muborakbod qilib, Navro‘zning yangilanish, ezgulik va bag‘rikenglik timsoli ekanini ta’kidladi hamda barchani birdamlik va yurt taraqqiyoti yo‘lida faol bo‘lishga chorladi.

Bayram konsertida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’atkor Ziyoda ishtirok etib, diltortar qo‘shiqlari bilan tadbirga alohida shukuh bag‘ishladi. Tadbir davomida Navro‘zga xos milliy qadriyatlar va umumxalq shodiyonasi yaqqol namoyon bo‘ldi, aholiga ko‘tarinki ruh va shodlik ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun