“Shajara”ngizni onlayn yarating

Date:

2026-yil 1-sentyabrdan fuqarolarga o‘z oilaviy shajarasini onlayn shakllantirish imkonini beruvchi yangi “Shajara” axborot tizimi ishga tushiriladi. Ushbu tizim orqali ming yil avvalgi ajdodlar haqidagi ma’lumotlargacha yetib borish mumkin bo‘ladi.

Yangi tizim quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

— FHDYOning yagona elektron arxivi, davlat va idoraviy arxivlar asosida oilaviy shajara ma’lumotlarini shakllantirish;

— X. Sulaymonova nomidagi sud ekspertiza markazi orqali DNK ma’lumotlari yordamida etnik kelib chiqishni aniqlash.

Shajara xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP (my.gov.uz) orqali quyidagi tarixiy davrlar kesimida ko‘rsatiladi:

IX asrdan – 1917-yilgacha;

1918-yildan – 1945-yilgacha;

1946-yildan – hozirgi kungacha.

“Shajara” tizimi fuqarolarga o‘z nasl-nasabini chuqur o‘rganish, tarixiy ildizlarga murojaat qilish va oilaviy merosni asrash imkonini yanada kengaytiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Vatanni tanlab bo‘lmaydi…”

Donolarning: “Bu dunyoda ota-onani va Vatanni tanlab bo‘lmaydi”, degan...

TERMIZIYLARNING BENAZIR MEROSI

Surxon zamini ulug‘ mutafakkirlar, olim-u fuzalolar yurtidir. Ayniqsa, IX...

Yondashuv xolis, korrupsiya ojiz…

Bugun viloyatimizda sport sohasini rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga...

Bolalarning “nuroniy” kutubxonasi

Joriy yil davomida viloyat bolalar kutubxonasi yosh avlodni kitobxonlikka...
KunTun
KunTun