“BOOK CAFE” — yangi ma’rifat maskani

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tashabbusi bilan umumta’lim maktablari hududlarida “BOOK CAFE”lar tashkil etish loyihasi Boysun tumanida ham izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, kitobxonlik madaniyatini oshirish va zamonaviy bilim olish uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan.

Loyiha doirasida Boysun tumanining “Mustaqillik” mahallasida joylashgan 39-sonli umumta’lim maktabi hududida navbatdagi “BOOK CAFE” tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Maskanda Wi-Fi internet, elektron kitoblar, onlayn resurslardan foydalanish hamda sog‘lom ovqatlanish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

Ochilish marosimida nuroniylar, o‘qituvchilar, jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirok etib, ushbu ilm-ma’rifat maskanining faoliyatiga ezgu tilaklar bildirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun