Yashil belbog‘ koʻzdan kechirildi

Date:

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining qulay tabiiy muhitga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, ekologik muammolarning oldini olish hamda ularning salbiy oqibatlarini yumshatish masalalarriga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimiz tomonidan tegishli Farmon qabul qilindi.

Surxondaryo viloyatida ham mazkur vazifalar ijrosi bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda. Changli shamollarning aholi salomatligiga ta’sirini kamaytirish maqsadida Angor tumanida 16 million ko‘chat ekiladigan “yashil belbog‘” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Hududda ishlar tashkil etilishi, yer maydonlarini tayyorlash va ko‘chat ekish uchun biriktirilgan mas’ullarning axborotlari tinglandi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari asosida tanlangan daraxt turlarini tavsiyalarga muvofiq ekish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, shahar va tumanlar hokimlari hamda tadbirkorlar tomonidan yirik investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Har bir loyiha viloyat rahbari va mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularni takomillashtirish, istiqbolini oshirish va amalga oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun