Shonli natijalarga erishildi

Date:

Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida o‘tkazilayotgan Prezident Olimpiadasi musobaqalarida Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabining iqtidorli sportchilari yuksak mahorat va g‘ayrat bilan ishtirok etib, Surxondaryo viloyati sha’nini munosib himoya qildilar.

Azimova Shahzoda — 61 kilogramm vazn toifasida faxrli 2-o‘rinni, Orolova Marjona — 65 kilogramm vazn toifasida 3-o‘rinni egallab, musobaqani munosib yakunladi.

Bu yutuqlarda sportchilarimizning mehnati, matonati va albatta, ularning ustozi — Ayollar kurashi bo‘yicha viloyat bosh murabbiyi Choriyor Abdurasulovning hissasi beqiyosdir.

Ushbu zafarlar yurtimiz yoshlariga ilhom bag‘ishlab, sport sohasidagi yangi marralarga yo‘l ochadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Toshkent sahnasida “Momo yer”

Toshkentdagi Muqimiy teatrida Respublika teatr festivali doirasida Surxondaryo, Samarqand...

Hakim Termiziy merosi dunyo olimlari nigohida

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk alloma...

O‘quvchilar harbiylar bilan uchrashdi

Denov tumanidagi 76-sonli umumta’lim maktabida Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy...

Yagona imtihon joriy etiladimi?

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining bilimini baholash va yakuniy imtihonlar tartibini...
KunTun
KunTun