Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Date:

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi. 2017-yilda tashkil etilgan mazkur korxona bugungi kunda 28 turdagi salqin ichimliklar, jumladan sharbat va soklar ishlab chiqarib, 30 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratgan.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov korxonada bo‘lib, mahsulot turlari, ishlab chiqarish quvvatlari hamda eksport yo‘nalishlari bilan tanishdi. Tadbirkor tomonidan korxona faoliyatini kengaytirish rejalari taqdim etildi. Viloyat rahbari ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish va quvvatlarni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berib, mas’ullarga tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash vazifalarini belgiladi.

Shuningdek, Termiz shahri Saxovat mahallasidagi bo‘sh yer maydonida “Turizm kompleksi” tashkil etish bo‘yicha master reja taqdimoti o‘tkazilib, hudud salohiyatidan kelib chiqib, zamonaviy va qulay loyiha ishlab chiqish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun