Quyosh panellari orqali suv yetkazib beriladi

Date:

Termiz tumanida qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya sohalari mutasaddilari, fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida “Kavsar irrigation systems” tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlariga quyosh panellari orqali energiyasiz suv yetkazib berish tizimi yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi.

Unda kompaniya mas’ullari tomonidan taklif etilayotgan tizimning afzalliklari, iqtisodiy samarasi hamda kelgusidagi erishiladigan natijalar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, global miqyosda suv resurslari tejalgan sharoitda qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalar yordamida kamxarajat bilan yuqori hosildorlikka erishish muhimligi qayd etildi.

Kompaniya tomonidan taklif etilayotgan mobil sug‘orish tizimi 25 gektar maydonni sug‘orishga mo‘ljallangan bo‘lib, “Kavsar” uskunasini faqat qishloq xo‘jalida emas, balki xonadonlarda ham qo‘llash mumkinligi ta’kidlanib, afzalliklari sanab o‘tildi.

Seminar davomida tizimni joriy etish shartlari, bosqichlari yuzasida batafsil ma’lumotlar berilib, uni o‘rnatish istagini bildirgan xo‘jaliklar bilan shartnomalar tuzildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun