Nuroniylar faolligi oshiriladi

Date:

Yurtimizda nuroniylar hurmat-e’zozda, ularning hayotiy tajribasi va oqilona maslahatlari jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yosh avlodni vatanparvarlik, sadoqat va fidoyilik ruhida tarbiyalashda faxriylar va oqsoqollarning o‘rni beqiyos. Shu ma’noda, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining viloyat, shahar va tuman bo‘limlari rahbarlari, faol nuroniylar, faxriylar hamda oqsoqollar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda nuroniylarning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirish, ularning yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rnini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, “Nuroniy” jamg‘armasining hududiy bo‘limlari tomonidan nuroniylar bilan ishlarni tizimli, samarali va maqsadli tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

Viloyat rahbari mazkur yo‘nalishdagi faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida “Nuroniy” jamg‘armasining shahar va tumanlar bo‘limlari o‘rtasida tanlov tashkil etilishini ma’lum qildi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, eng faol bo‘lim avtomobil bilan, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan bo‘limlar esa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Uchrashuv davomida, shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan nuroniylarning fikr-mulohazalari tinglanib, hayotiy tajribaga asoslangan qimmatli taklif va maslahatlari olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun