Yoshlar sportga oshno

Date:

O‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishlari, musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishlari va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishlari uchun barcha sharoitlar mavjud. Sho‘rchi tumanidagi 122-maktab internatiningi sport zali ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etishga xizmat qiladigan ushbu sport zali zamonaviy talablarga javob beradigan inshoot bo‘lib, bu yerda o‘quvchilar turli sport turlari bilan shug‘ullanishmoqda, — deydi maktab internati direktori Bahrom Hakimov. — Zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan zalda o‘quvchilarimiz kurash, stol tennisi, badiiy gimnastika, shaxmat-shashka bilan shug‘ullanishmoqda.

Albatta, mazkur imkoniyatlar o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarziga amal qilishlariga, jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishga va sportda yangi yutuqlarga erishishlariga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun