Kutubxona kitoblar bilan boyidi

Date:

Shamsiddin Fatxullayev boshchiligida Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi vakillari Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida bo’ldi.

Yoshlarning ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirish maqsadida “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasida universitet kutubxonasiga jahonga mashhur mualliflarning asarlari, ilmiy va badiiy adabiyotlardan iborat 100 dan ortiq kitob sovg‘a qilindi.

Kitoblar falsafa, iqtisod, siyosat, tarix, ekologiya, ta’lim, sotsiologiya kabi 40 ga yaqin yo‘nalishni qamrab oladi. Ular orasida Oksford universitetining “Very Short Introductions” turkumiga mansub “Globallashuv”, “Demokratiya”, “Kapitalizm”, “Psixologiya”, “Etika”, “Tarix”, “Iqlim o‘zgarishi” kabi mavzulardagi asarlar ham bor.

Uchrashuv davomida universitet rahbariyati bilan yoshlarni kitobxonlikka jalb etish va ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish bo‘yicha samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Bunday tashabbuslar yoshlar tafakkurini kengaytirish, ilm va ma’rifat madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun