1-apreldan radarlar ham jarima ballari yoza boshlaydi. Bunda, o‘ziga tegishli avtomobilni boshqarish uchun boshqa shaxsga bergan mulkdorlar shaxsiy elektron kabinet ochib, mashinani kimga topshirayotganini ko‘rsatishi, o‘sha shaxs esa mashinani boshqarish uchun qabul qilib olganini tasdiqlashi kerak. Agar qabul qilib oluvchi buni tasdiqlamasa, radarlar qayd etgan jarima ballari mashina egasining hisobiga yoziladi (unda haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan taqdirda).
2026-yil 1-apreldan e’tiboran, radarlar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun ham haydovchilarga jarima ballari yoziladi. Hukumat qarori bilan, jarima ballarini transport vositasining mulkdori va mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar (ishonchnoma, sug‘urta polisi, yo‘l varaqasi) asosida foydalanuvchi boshqa haydovchilar o‘rtasida taqsimlash tartibi belgilandi.

