“Etno shaharcha”da yangilik bisyor…

Date:

Termiz shahridagi “Etno shaharcha” hududida milliy madaniyatimizning qadimiy yo‘nalishlarini asrash va rivojlantirish maqsadida “Do‘mbira ustaxonasi” hamda “Baxshichilik ekspozitsiyasi” faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida do‘mbira yasashning an’anaviy va zamonaviy uslublarini uyg‘unlashtirish, ustoz-shogird maktabini shakllantirish, shuningdek, baxshichilik merosini interaktiv ko‘rgazmalar, audio-video yozuvlar va mahorat darslari orqali keng targ‘ib etish rejalashtirilgan.

Mazkur tashabbus milliy baxshichilik va dostonchilik san’atini saqlash, yosh avlodga yetkazish hamda Termizning turistik jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun