Innovatsiyalar orqali kelajak sari…

Date:

“InnoWeek–2025” xalqaro ko‘rgazmasi mamlakatimizda ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi yangiliklarni namoyish etish va rivojlantirish uchun muhim platformaga aylangan. Bu yil tadbir o‘z miqyosi va ishtirokchilar soni bo‘yicha yanada kengayib, yosh olimlar va talabalar uchun o‘z salohiyatini ko‘rsatish imkoniyatini yaratmoqda.

Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalarining faol ishtiroki, ularning innovatsion g‘oyalari va ilmiy loyihalari nafaqat oliy ta’lim muassasasining, balki butun viloyatning ilmiy salohiyatini yuksak darajada namoyon etmoqda.

Xususan, Yoqubjon Bozorovning “Mahalliy xomashyolar asosida ion almashinuvchi, ultrafiltratsion membranalar olish” loyihasi orqali erishilgan yutuq — bu nafaqat innovatsion texnologiyalar sohasidagi qadam, balki tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik toza mahsulot yaratish yo‘lidagi muhim yangilikdir.

Shunday yutuqlar yoshlarga ilm-fan sohasida yangi ufqlarni ochishga, innovatsiyalar orqali jamiyat va iqtisodiyotga xizmat qilishga katta ilhom bag‘ishlaydi. Shu bilan birga, mamlakatimizning ilmiy-texnik rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yoshlar turizm ko‘chasi” ochildi

Muzrabot tumanida yoshlarga bag‘ishlangan yangi ezgu tashabbus — “Yoshlar...

Tezlik 150 km/soatga yetadi

O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llarda ruxsat etilgan maksimal tezlik 150...

Adabiy uchrashuvda

Oltinsoy tumanidagi Axborot-kutubxona markazida mashhur shoira, “Oltin qalam” mukofoti...

142 murojaat koʻrib chiqildi

Surxondaryo viloyatida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va...
KunTun
KunTun