Qoʻshma taʼlim dasturlari yoʻlga qoʻyiladi

Date:

Hukumatning 2025-yil 30-sentyabrdagi 614-son qarori bilan “Texnikumlarda xorijiy taʼlim tashkilotlari ishtirokida qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Mazkur tartibga koʻra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi sohaga mas’ul vakolatli organ etib belgilandi. Endilikda ariza beruvchi qoʻshma taʼlim dasturini joriy etish uchun zarur hujjatlar bilan birga mazkur vazirlikka murojaat qiladi. Arizalar 15 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

Talablar bajarilganda, texnikumlar xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan shartnoma tuzib, qoʻshma dasturlar asosida oʻquvchi qabul qilishi mumkin boʻladi. Mazkur imkoniyat bitiruvchilarga nafaqat Oʻzbekistonda, balki xorijda ham tan olinadigan diplom yoki sertifikat olish imkonini beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun