Maʼnaviyat va maʼrifat chirog‘i

Date:

Sanʼat inson qalbiga ezgulik urug‘ini qadab, uni go‘zallik va yaxshilik sari chorlaydi. Ayniqsa, teatr — bu shunchaki tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat va maʼrifat maskani sifatida jamiyat hayotida beqiyos o‘rin tutadi.

Shu maqsadda Termiz davlat pedagogika instituti talabalari Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatrida mehmon bo‘lishdi. Ular teatr jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Firibgar” spektaklini tomosha qilishdi.

Mazkur asarda bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri — mehnatsiz oson pul topishga intilish oqibatlari yoritib berildi. Asardagi qahramonlar xatolarini anglagach, hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlash zarurligini tushunadi. Tomosha yosh tomoshabinlarga chuqur hayotiy saboq bo‘ldi.

Spektakl so‘ngida talaba-yoshlar ham qahramonlarning taqdiridan o‘zlariga xulosa chiqarib, jamiyatda mehnatsevarlik, halollik va masʼuliyatning naqadar muhim ekanini anglab yetishdi.Teatr tomoshasi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi, ularning qalbida ezgu fikr va ijobiy tuyg‘ular uyg‘otdi. Bu kabi madaniy-maʼrifiy tadbirlar yoshlarning nafaqat dunyoqarashini kengaytiradi, balki ularni jamiyatda faol, masʼuliyatli shaxs bo‘lib kamol topishga undaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun