Olov tilsiz yov

Date:

Yong‘in – insoniyat hayoti va sog‘lig‘iga, mulk va atrof-muhitga katta zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlardan biri hisoblanadi. Uning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish har bir fuqaroning diqqat va mas’uliyatini talab qiladi.

Ta’kidlash lozimki, yong‘in ko‘pincha odamlarning bee’tiborliligi, elektr va gaz jihozlaridan noto‘g‘ri foydalanish, ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki yonuvchan ashyo va materiallarning qoidalarga zid saqlanishi oqibatida kelib chiqadi. Bunday holatlar nafaqat katta moddiy zarar, balki inson hayotiga ham tahdid solishi mumkin.

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan ushbu xatarlarning oldini olish maqsadida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

– aholi o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari yo‘lga qo‘yilib, yong‘in xavfsizligi qoidalari haqida ko‘rgazmali vositalar orqali ma’lumot berilmoqda;

– ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida uchrashuvlar tashkil etilib, bolalar va yoshlar o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda;

– sanoat korxonalari, bozorlar, ko‘p qavatli uy-joylar va ijtimoiy obyektlarda profilaktik ko‘riklar o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berilmoqda;

– yong‘inga qarshi mashg‘ulotlar va amaliyotlar orqali ishchi-xodimlar hamda aholi favqulodda vaziyararda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalariga o‘rgatilmoqda.

Bundan tashqari, mavsumiy xavf-xatarlar – kuz-qish davrida isitish moslamalaridan xavfsiz foydalanish, gaz va elektr jihozlarini qoidaga muvofiq ishlatish kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

 “Olov tilsiz yov, ammo uning oqibatlari har qanday inson hayotiga tahdid solishi mumkin”. Shu bois aholi va jamoatchilikdan xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish talab etiladi. Yong‘in xavfini oldini olishda har bir fuqaroning ogohligi va mas’uliyati muhim ahamiyat kasb etadi.

Zulfiya Sohibova,

Viloyat FVB axborot xizmati yetakchi mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi hayot sari dadil qadam

Denov tumanida o‘tkazilgan tantanali tadbirda bir guruh fuqarolarga yangi...

Tadbirkorlik uchun yangi maydonlar ochilmoqda

Tadbirkorlik – nafaqat iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi, balki yangi ish...

Yoshlar uchun qulaylik va ilhom manbayi

Termiz davlat pedagogika instituti hayotida quvonchli voqea yuz berdi...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Sho’rchida

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan “Fenestro” MCHJ...
KunTun
KunTun